Selenotron proyekti

Bu, bolalarga algoritmlar, ketma-ket harakatlar, takrorlanuvchi mutanosibliklar, tsikllar va shartlar asoslarini dasturlash va tushunishni o'rgatish uchun mo'ljallangan to'liq dasturlashtiriladigan ōyinchoq, ōquv vositasidir.

Bolaligimda, kumlardan bir kuni tasodifan televizor dasturini ko'rib qoldim. Tepasida tugmalari bo'lgan dasturlashtiriladigan o'yinchoq transport vositasini namoyish qilishdi. O'sha kundan beri men shunday mashinadan biriga ega bo'lishni orzu qilishdan to'xtamadim. Ba'zilardan farqli ōlaroq, ko'p imkoniyatlardan mahrum bo'lib ulg'aygan vaqtimni hisobga oladigan bo'lsak, otamdan menga bunday narsani sotib olishni so'rash ma'nosiz edi. Bu 80-yillarning o'rtalari va Sovet Ittifoqining gullagan davri edi. Menda bunday orzuga erishish imkoniyati yo'q edi.

 Shunday qilib, bugunga kelin, ōsha orzuim endi men ōz qōlim bilan yarata oladigan narsaga aylandi. Darhaqiqat, biz hozir qanday ajoyib davrda yashayapmiz-a. Mening mashaqqatli mehnatim va ilm izlab tinimsiz izlanishlarim uchun mukofot sifatida menga berilgan barcha imkoniyatlar uchun Xudoga minnatdorchilik bildiraman. Bugun men yaqin kelajakdagi "Selenotron"ning elektron sxemasi uchun xomaki taxtani o'rnatdim. Bu proyekt maxsulini IGZR (turkiy: aigizar - oykezar) deb ham nomladim.

 Tez orada, bir oy ichida, Xudoning inoyati bilan, qo'zg'almas g'ildirakli, klaviatura va sensorlardan mavjud prototipni nashr etaman.

Add ping

Trackback URL : https://created.link/index.php?trackback/14

Page top